Sifatni boshqaruv tizimi
Asosiy shartlar korxonaning raqobatbardoshligini saqlab qolish va chiqarilgan mahsulotni xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar, akkreditatsiyalangan sertifikatsiya markazlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari bo‘lishidir.
Korxonada sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha birinchi tajriba 2007-yilda quvur payvandlash ishlab chiqarishi doirasida amalga oshirilgan. «Toshkent quvur zavodi» O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib, 2007-yilda «Rossiya registri – O‘rta Osiyo» sertifikatlashtirish organida ixtiyoriy ravishda Sifat menejmenti tizimini (SMT) ISO 9001:2000 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatlashtirdi.
2013-yil oktyabr oyida esa SMT tarqatiladigan mahsulotlar tarkibiga dumaloq, kvadrat, to‘rtburchak va yassi oval po‘lat quvurlar ishlab chiqarishdan tashqari quyidagilar kirdi: issiq va sovuq holda prokatlangan yupqa listli po‘lat prokat va profilli to‘shama (to‘lqinsimon shifer). Zavod sifat tizimi «Russkiy registr – Srednyaya Aziya» sertifikatlashtirish organida ISO 9001:2008 standarti talablariga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatlangan.
Jahonning ilg‘or tendensiyalariga amal qilgan holda, 2015-yil oxirida korxona rahbariyati zavodda Sifat menejmenti tizimi (SMT) va Sanoat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish menejmenti tizimini (SMPBiOT) birlashtirish orqali Integratsiyalashgan menejment tizimini (IMT) yaratish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qabul qilingan qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2015-yil dekabr oyida «Russkiy registr – Srednyaya Aziya» sertifikatlashtirish idorasi tomonidan sertifikatlashtirish ishlari yakunlandi va O‘zDST OHSAS 18001:2011 standarti talablariga muvofiqlik sertifikati berildi.
2019-yildan 2020-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida ISO xalqaro standartlarining yangi tahrirlari joriy etilishi munosabati bilan korxonada qayta sertifikatlash ishlari amalga oshirildi.
Bugungi kunda «V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi» MCHJ QK Integratsiyalashgan menejment tizimi ISO 9001:2015/O‘zDST ISO 9001:2015; ISO 14001:2015/O‘zDST ISO 14001:2019; RR-SA RUS REGISTRI SERTIFIKATLASH TIZIMIDA ISO 45001:2018/O‘zDST ISO 45001:2020
Sertifikatlar ilova qilinadi:
ISO 9001 Korxona menejment tizimining muvofiqlik sertifikatlariBatafsil ma’lumotlar
ISO 14001Korxona menejment tizimining muvofiqlik sertifikatlariBatafsil ma’lumotlar
ISO 45001Korxona menejment tizimining muvofiqlik sertifikatlariBatafsil ma’lumotlar
Mahsulot sifati