Sim

Texnik shartlar:

– Umumiy foydalanish uchun past uglerodli po‘lat sim GOST 3282 texnik shartlariga muvofiq ham issiqlik bilan ishlov berilmagan, ham issiqlik bilan ishlov berilgan (yumshoq), ham qoplamali, ham o‘zaro rux qoplamali sirtning zichligi bilan farq qiluvchi – 1 (1Ц) va 2 (2Ц) sinf rux bilan qoplangani ishlab chiqariladi,
– Elektr simlari va kabellarini zirhlash uchun past uglerodli rux qoplamali po‘lat sim, o‘rta (C) yoki o‘ta og‘ir (OЖ) ish sharoitlariga qarab, GOST 1526 texnik shartlari bo‘yicha ruxning turli sirtqi zichligi bilan ishlab chiqariladi;
– Izolyatsiya qilinmagan po‘lat-alyuminiy va po‘lat-bronza simlarning o‘zaklari uchun rux qoplamali po‘lat sim GOST 9850 texnik shartlariga asosan texnologik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqariladi;
– Boltlar, gaykalar, vintlar va burama mixlar ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli uglerodli va legirlangan po‘latdan yasalgan simlar GOST 10702 texnik xususiyatlariga asosan texnologik reglamentga muvofiq ishlab chiqariladi;
– Elektrodlar (Э) ishlab chiqarish uchun, shuningdek payvandlash (sirt qoplamali) uchun legirlangan mis qoplamali (O) past uglerodli po‘lat payvandlash simlari texnik shartlar GOST 2246 bo‘yicha ishlab chiqariladi;
– Temir-beton konstruktsiyalarni mustahkamlash uchun sovuq holda tortilgan davriy profil – Вр-1 sinfiga mansub, past uglerodli po‘lat sim GOST 6727 texnik shartlariga muvofiq ishlab chiqariladi.
– Oldindan zo’riqtirilgan  temir-beton konstruktsiyalarni mustahkamlash uchun sovuq holda tortilgan davriy profil – Вр-1 sinfiga mansub, past uglerodli po‘lat sim GOST 7348 texnik shartlariga muvofiq ishlab chiqariladi.

QO‘LLANILISH SOHАSI


GOST 3282 texnik shartlariga muvofiq umumiy maqsadlar uchun ishlab chiqarilgan past uglerodli po‘latdan yasalgan simlar quyidagilar uchun ishlatiladi:
– turli qurilish materiallari va sanoat mahsulotlarini bog‘lash va qadoqlash;
– mixlar, skobalar va boshqalarni yasash;
– vintlar, boltlar va gaykalar ishlab chiqarish;
– diametri 0,8 dan 2,2 mm gacha bo‘lgan rux qoplamali simdan turli maqsadlar uchun ishlab chiqarilgan payvandlangan to‘rlar to‘siqlarni yig‘ishda, qurilish va taʼmirlashda suvoq va pardozlash ishlarida, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va boshqa turdagi xo‘jalik faoliyatida qo‘llaniladi.

GOST 1526 texnik shartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan past uglerodli rux qoplamali po‘lat sim quyidagilar uchun ishlatiladi:
– Elektr simlari va kabellarini zirhlash.

GOST 9850 texnik shartlariga asosan texnologik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqarilgan ruxlangan po‘lat sim quyidagilar uchun ishlatiladi:
– prujinali shaybalarini ishlab chiqarish (Grover shaybalari);
– izolyatsiya qilinmagan po‘lat-alyuminiy va po‘lat-bronza simlarning o‘zaklari.

GOST 10702-78 texnik shartlariga asosan texnologik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqarilgan yuqori sifatli uglerodli po‘latlardan yasalgan sim quyidagilar uchun ishlatiladi:
– Sovuq visadkali bolt va gaykalarni ishlab chiqarish uchun.

GOST 10702 spetsifikatsiyalariga asosan texnologik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqarilgan po‘lat qotishmali simlar quyidagilar uchun ishlatiladi:
– Sovuq visadkali vintlar, shuruplar va burama mixlar ishlab chiqarish uchun.

GOST 2246 texnik shartlari bo‘yicha Св-08, Св-08A va Св-08ГA past uglerodli po‘latlardan yasalgan payvandlash po‘lat simlari (Э) quyidagilar uchun ishlatiladi:
– Po‘lat o‘zakli elektrodlar ishlab chiqarish.

GOST 2246 texnik shartlariga muvofiq po‘lat qotishmasining Св-08ГС, Св-08Г2С va Св-09Г2С markalaridan yasalgan mis qoplangan (O) po‘lat payvandlash simlari quyidagilar uchun ishlatiladi:
– Payvandlangan quvurlar, to‘sinlar, zinapoyalar, avtomobil kuzovlari karkaslari va boshqalar kabi turli xil po‘lat qismlarni payvandlash;
– Ko‘priklar, savdo va ko‘rgazma markazlari, angarlar, omborlar va turar-joy binolari tarkibida ko‘rish mumkin bo‘lgan po‘lat konstruksiyalarni payvandlash;
– prokat vallarining sirtini qoplash (naplavkalar) va boshqalar.

GOST 6727 texnik shartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan sovuq holda tortilgan davriy profil – Вр-1 sinfiga mansub, past uglerodli po‘lat sim quyidagilar uchun ishlatiladi:
– payvandlangan armatura, devor va yo‘l to‘rlarini ishlab chiqarish;
– temir-beton konstruksiyalarni mustahkamlash.

GOST 7348 texnik shartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan uglerodli po‘lat simlar:
– GOST 10629 texnik shartlari bo’yicha temir yo’llar uchun 1520 mm temir yo’l izidagi oldindan kuchlantirilgan temir-beton shpallar ishlab chiqarish;
– GOST 21174 texnik shartlar bo‘yicha tramvay yo‘llari uchun keng temir yo’l izi uchun oldindan kuchlantirilgan temir-beton shpallar ishlab chiqarish;
– Oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni, masalan, ko‘p qavatli binolarning taxta plitalarini, katta oraliqli ko‘prik to‘sinlarini, seysmikligi yuqori bo‘lgan hududlarda binolarning ustunlari va devorlarini va yadro reaktorlarini himoya germoqobiqlarini mustahkamlash uchun ishlatiladi.

AFZALLIKLARI


Zamonaviy po‘lat ishlab chiqarish majmuasining mavjudligi, eng yangi navdagi prokat tegirmoni, ixtisoslashtirilgan sim tortish liniyalari, neytral gazlarda sferoidlashtiruvchi toblash uskunalari, fosfatlash, mis qoplash, sovuq va issiq rux bilan qoplash liniyalari mavjudligi bizga turli po‘lat navlaridan keng ko‘lamda qo‘llash uchun po‘lat simlar ishlab chiqarish imkonini beradi.

Maqsadga qarab, simlar termal ishlov berilmagan – elastik va termal ishlov berilgan – yumshoq (bog‘lamalar uchun) yoki sferasimon toblash bilan (sovuq visadkali metizlar uchun) ishlab chiqariladi. Shuningdek, ular o‘zaro qoplamasiz va har xil turdagi qoplamalar (fosfat, mis va rux bilan qoplash) hamda sinflar (masalan, rux bilan qoplanganligi 1-chi – 1Ц va 2-chi – 2Ц sinf, ruxning sirt zichligi) bilan farqlanadi.

GOST 7348 texnik shartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan uglerodli po‘lat simlardan foydalanish oldindan kuchlantirilgan temir-beton to‘sinlarning ketma-ket qo‘yilish oraliqlarning kengligini oshirishga, to‘sin ko‘ndalang kesimining o‘lchamlarini kamaytirishga hamda natijada tarkibiy qismning hajm va og‘irlikni (20-30% ga), shuningdek sement sarfini kamayishiga imkoniyat yaratadi. Mustaрkamlik darajasi 1200 dan 1500 N/mm2 gacha bo‘lgan yuqori mustaxkamlik xususiyatiga ega po‘latdan oqilona foydalanish armatura (o‘zakli va simli) sarfini 50% gacha kamaytirish imkonini beradi.

Betonning po‘latga nisbatan kimyoviy neytralligi armatura simlarini korroziyadan himoya qilishga yordam beradi. Shu bilan birga, oldindan kuchlantirilgan temir-beton konstruktsiyalarda betonning yorilishga chidamliligi ortadi, bu esa suv, boshqa suyuqliklar va gazlarning doimiy taʼsiri ostida konstruksiyalarda zo‘riqqan armaturani zanglashdan himoya qiladi.

Korxonada mavjud sertifikatlangan “Markaziy zavod laboratoriyasi” zamonaviy nazorat-o‘lchov asbob-uskunalari, sinov qurilmalari va spektral tahlillar bilan jihozlangani zavodga barcha turdagi simlarning texnologik reglament va meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini taʼminlash imkonini beradi.

IZOH


Zavodda seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan simlarning sifati O‘zbekiston Respublikasi milliy sertifikatlashtirish tizimining 2018 yil 29 noyabrdagi №UZ.SMT.01.328.2378996-sonli muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan.

Muvofiqlik sertifikatibatafsil

TAYYOR MAHSULOTNI SOTISH BO’LIMI


Manzil: O’zbekiston. Toshkent shahri, Furqat ko’chasi 4

Savdo bo’limi telefon raqami:
+ 998 (71) 207-41-10
+ 998 (71) 207-41-12

Telegram bot: https://t.me/ttzuz_bot
Telegram chat: + 998 (93) 005-96-88