Yuqori haroratda ishlov berilgan po’lat kvadrat
Texnik shartlar:
Odatiy sifatga ega uglerodli po’latdan tayyorlangan yuqori haroratda ishlov berilgan kvadrat GOST 535-2005 bo’yicha, uning kimyoviy tarkibi esa GOST 380-2005 bo’yicha tartibga solinadi.
Strukturaviy, instrumental va past legirlangan po’lat navlaridan yuqori haroratda ishlov berilgan kvadratlarni ishlab chiqarishning texnik imkoniyati mavjud.
QO'LLANISH SOHASI
Po‘lat kvadrat sanoat va qurilishning turli sohalarida qo’llaniladi. Aksariyat hollarda undan turli qismlar va asboblar tayyorlanadi, masalan: shaybalar, saqlash qisqichi, simli ushlab turuvchi klemmalar, turli xil temiryo’l mahkamlagichlari, masalan, yo’l yoki temityo’l mixi, sanoat va maishiy maqsadlar uchun boshqa ko’plab zarur mahsulotlar.
Yuqori haroratda ishlov berilgan po’lat kvadrat metall konstruktsiyalar, panjaralar, to’siqlar kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Bundan tashqari, kvadrat arxitektura sohasida metall mahsulotlarini yaratish uchun xom-ashyo sifatida ishlatiladi. Bunda u turli xil shakllarni hosil qilish uchun maxsus uskunada siqiladi yoki buriladi. Bunday deformatsiya asosida kvadratdan chiroyli skameykalar, shuningdek, binolar, skameykalar, chiroqlar, zinalar va boshqa ko‘plab obyektlarning bezak qismlari yasaladi.
AFZALLIKLARI
Po‘lat kvadratning yuqori egiluvchanligi, uning payvandlanish va chidamlilik xususiyatlari binolar, balkonlar, soyabonlar, zinapoyalar va boshqa ko’plab narsalarning karkasini qurish imkoniyatini yaratadi. Kvadratning to’g’ri geometriyasi uni me’morchilik va temirchilikda qo’llash imkonini beradi.
Yuqori haroratda ishlov berilgan po’lat kvadrat gilyotinga, ya’ni, issiq prokatlangan pressda kesish orqali hosil qilingan kvadratlarga nisbatan katta afzalliklarga ega. Kesish natijasida GOST 2591-2006 da belgilangan aniqlik talablariga erishish mumkin emas. Bundan tashqari, kesilgan kvadratning qirralari o’tkir kesish obyektida ta`siri ostida bo’lganligi tufayli o’tkir bo’ladi. Kesilgan kvadratning bunday qirralari uning ba’zi mahsulotlar yasalishida qo‘llanilishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, qirralarga qo’shimcha ishlov berish talabi ishlab chiqarish xarajatlarining muqarrar ravishda oshishiga olib keladi.
Ajoyib xususiyatlari, ya’ni uzoq xizmat muddati, yuqori mustahkamligi, egiluvchanligi, turli o’lchamda bo’lishi va ma`qul narxda sotilishi tufayli po’lat kvadrat yuqori sifatli prokatning eng talab qilinadigan turlaridan biridir.
ESLATMA
1. Kvadratning nominal tomoni: 12; 14; 16; 18; 20; 22 va 25 mm. Po’lat kvadrat chiviqlarda ishlab chiqariladi va og’irligi 3500 kg gacha bo’lgan to’plamlarga o’raladi.
2. Yuqori haroratda ishlov berilgan kvadrat prokat 11 700 mm o’lchamdagi (MД1) chiviqlar o’lchovsiz uzunliklarda ishlab chiqariladi. 11 700 mm uzunlikdagi po’lat kvadrat uzunligi uzun o’lchamli avtomobillarda yoki temir yo’l ochiq vagonlarida tashish uchun maqbuldir. O’lchangan uzunlikdagi (MД1) chiviqlarni o’lchovlarsiz yetkazib berishda, partiya og’irligining 3% dan ko’p bo’lmagan miqdorda o’lchovsiz uzunlikdagi (lekin 2 m dan kam bo’lmagan) chiviqlarning mavjudligiga ruxsat beriladi.
Yuqori haroratda ishlov berilgan kvadrat prokat o’lchovsiz uzunlikda (НД) ham chiviqlar shaklida ishlab chiqariladi. O’lchovsiz uzunlikdagi (НД) chiviqlarni yetkazib berishda uzunligi 6,0 dan 12,0 m gacha bo’lgan chiviqlar to’plamlarga o’raladi. O’lchovsiz uzunlikdagi chiviqlar partiyasida uzunligi 3 m dan 6 m gacha bo’lgan simlar miqdori 7% dan oshmasligi kerak.
3. Po‘lat kvadratlar GOST 380-2005 bo’yicha Ст3пс, Ст3сп, Ст5пс va Ст5сп markali odatiy sifatga ega гпдукщвli po’latdan yasaladi. Shu bilan birga, iste’molchining talabiga binoan kvadratlar deoksidlanishning barcha darajalaridagi Ст0, Ст1, Ст2, Ст4 va Ст6 markali po’latlardan, shuningdek, strukturaviy, instrumental va past legirlangan po’latdan tayyorlanishi mumkin.
MA'LUMOTNOMA
GOST 2591-2006 bo’yicha issiq haroratda ishlov berilgan po’latli kvadrat prokat o’lchangan uzunlikdagi (MД1) o’lchamdagi o’lchovsiz chiviqlarbatafsil
GOST 2591-2006 bo’yicha issiq haroratda ishlov berilgan po’latli kvadrat prokat o’lchovsiz chiviqlarbatafsil
Kvadrat po’lat narxini hisoblash uchun belgilangan shakl orqali bepul ariza yuboring yoki siz uchun qulay bo’lgan har qanday usulda savdo bo’limiga murojaat qiling. Tezda javob olishingiz kafolatlanadi.
Narxni bilish
TAYYOR MAHSULOTNI SOTISH BO’LIMI
Manzil: O’zbekiston. Toshkent shahri, Furqat ko’chasi 4
Savdo bo’limi telefon raqami:
+ 998 (71) 207-41-10
+ 998 (71) 207-41-12
Telegram bot: https://t.me/ttzuz_bot
Telegram chat: + 998 (93) 005-96-88
Yuqori haroratda ishlov berilgan po'lat kvadrat