To’g’ri chokli elektr payvandlangan po‘lat quvurlar

Texnik shartlar:

Dumaloq quvurlar GOST 3262-75, GOST 10705-80, GOST 20295-85, GOST ISO 3183-2015 va API Spec 5L standartlarining texnik talablariga binoan ishlab chiqariladi.

QO'LLANISH SOHASI


GOST 3262-75 texnik talablariga muvofiq ishlab chiqarilgan dumaloq quvurlar suv va gaz quvurlari, isitish tizimlari, shuningdek, suv ta`minoti va gaz quvurlari qismlari uchun ishlatiladi.
 
GOST 10705-80 texnik talablariga muvofiq ishlab chiqarilgan quvurlar turli maqsadlar uchun quvurlar va inshootlar uchun ishlatilishi mumkin.
 
GOST 20295-85 texnik shartlarining 1-turi bo’yicha yuqori chastotali tokda kontaktli payvandlash yo’li bilan ishlab chiqarilgan dumaloq to‘g‘ri chokli po’lat quvurlar gaz va neft magistral quvurlari, neft mahsulotlari quvurlari, texnologik va kon quvurlarini qurish uchun ishlatiladi.
 
Neft va gaz sanoati quvurlari uchun dumaloq to‘g‘ri chokli po’lat quvurlar GOST ISO 3183-2015 ga muvofiq umumiy texnik talablarga binoan ishlab chiqariladi.
 
Suvni yetkazish uchun, neft va gaz qazib olish va qayta ishlash sanoatida gaz va neftni tashish uchun ishlatiladigan quvurlar API Spec 5L quvurlar standartiga mos ravishda ishlab chiqariladi.
 
Yuqoridagi barcha quvurlar turli metall konstruktsiyalarni qurish va ta’mirlash uchun ham keng qo’llaniladi.

GIGIENA TALABLARIGA MUVOFIQLIK


Korxonamiz tomonidan GOST 3183-2015 bo‘yicha ishlab chiqarilgan, ichki qoplamasiz, suyuq epoksid korroziyaga qarshi qoplamali quvurlar namunalari “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya va aholi salomatligini muhofaza qilish xizmati”ga topshirildi. 2021-yilning 30 martidagi 20-8 / 1954 sonli laboratoriya tekshiruvlari natijalari ikkala namunadagi suv sifati O’zDST 950 “Ichimlik suvi. Gigienik talablar va sifat nazorati” ning gigiyenik talablariga mos kelishini ko’rsatadi.

Sanitariya epidemiologik xulosabatafsil

AFZALLIKLAR


Texnologik uskunalar diametrlari va devor qalinligi turli quvurlarni keng ko’lamda ishlab chiqarish imkonini beradi. Mijozlarning texnik talablaridan kelib chiqqan holda, quvurlar yuqori mustahkamlikka ega uglerodli va past legirlangan po’latlarning turli navlaridan tayyorlanishi mumkin.
 
Zamonaviy nazorat-o‘lchov asbob-uskunalari, sinov uskunalari va spektral tahlil bilan jihozlangan sertifikatlangan “Zavod markaziy laboratoriyasi” ning mavjudligi, ishlab chiqarish quvurlarini prokatlash liniyalarida o‘rnatilgan putur yetkazmaydigan nazorat uskunalari (uyurma tokli, ultratovush va rentgen tekshiruvi), shuningdek zavodni qabul qilish gidravlik sinovlari quvurlarni me’yoriy hujjatlarning barcha talablariga muvofiqligini ta’minlash imkonini beradi.

ESLATMA


1. Dumaloq to‘g‘ri chokli elektr payvandlangan po’lat quvurlarining tashqi diametri 21,3 dan 377 mm gacha bo‘lib, devor qalinligi 1,2 dan 12 mm gacha.
 
2. Quvurlarning standart uzunligi 8 000 dan 10 000 mm va 11 500 mm gacha o’zgarib turadi, bu quvurlarni uzun avtomobillarda va ochiq vagonlarda tashishda optimal uzunlik deb hisoblanadi.

MA'LUMOTNOMA


Suv va gaz ta’minoti uchun po’lat quvurlar GOST 3262-75 bo’yichabatafsil
Elektr payvandlangan to‘g‘ri chokli quvurlar GOST 10705-80 bo’yichabatafsil
Elektr payvandlangan to‘g‘ri chokli quvurlar GOST 20295-85 bo’yichabatafsil
Elektr payvandlangan to‘g‘ri chokli quvurlar GOST 3183-2015 bo’yichabatafsil
Elektr payvandlangan to‘g‘ri chokli quvurlar API Spec 5L bo’yichabatafsil
Elektr payvandlangan to‘g‘ri chokli quvurlar narxini hisoblash uchun belgilangan shakl orqali bepul ariza yuboring yoki siz uchun qulay bo’lgan har qanday usulda savdo bo’limiga murojaat qiling. Tezda javob olishingiz kafolatlanadi.

 

Narxni bilish

Ismingiz (majburiy)
Sizning aloqa raqamingiz (majburiy)
Sizning elektron manzilingiz
Sizning xabaringiz

TAYYOR MAHSULOTNI SOTISH BO’LIMI


Manzil: O’zbekiston. Toshkent shahri, Furqat ko’chasi 4

Savdo bo’limi telefon raqami:
+ 998 (71) 207-41-10
+ 998 (71) 207-41-12

Telegram bot: https://t.me/ttzuz_bot
Telegram chat: + 998 (93) 005-96-88