Armaturali po’lat

Texnik shartlar:
– GOST 34028 – Temir-beton konstruktsiyalar uchun armaturali prokat;
– GOST 10884 – Temir-beton konstruktsiyalar uchun termomexanik qotirilgan armaturali po’lat;
– GOST 5781 – Temir-beton konstruktsiyalarni mustahkamlash uchun issiq prokatlangan po’lat.
– O’zDSt 3025-2015 – Davriy Profil uchun mustahkamlovchi prokat

Mutaxassislar ko’pincha armaturali po’latni yanada qisqaroq va sodda qilib Armatura deb atashadi. Biroq, to’g’ri nomlanish yuqorida ko’rsatilgan GOST larga mos kelishi kerak.

QO'LLANISH SOHASI


Armaturali po’latni asosiy qo’llanish sohasi – qurilishdir.
Ko’pincha u quyidagi shaklida qo’llaniladi:
– bo’ylama va ko’ndalang yarim oysimon qovurg’ali ham silliq (yumaloq), ham davriy profilli chiviqli armaturali prokatdan yasalgan sterjenlar;
– kesishish nuqtalarida bir-biriga payvandlangan sterjenlar yordamida hosil qilingan kataklar shaklida tayyorlangan to’rlar;
– nomidan ma`lum bo’lgan yukni taqsimlash uchun ishlatiladigan taqsimlovchi armatura bilan bog’langan bo’ylama armaturali karkaslar. U ishchi sterjenlar holatini saqlab turish va yuklamani aniq taqsimlash imkonini yaratadi. Bunday karkaslar ustunlar va balkalrni armaturalash uchun ishlatiladi. Karkaslarni ishlab chiqarish uchun davriy profilli armaturali po’latidan foydalaniladi;
– Yig’ish jarayonida armaturali karkas bilan bog’liq montaj-mahkamlash tugunlari shaklida ishlab chiqarilgan va keyinchalik karkaslarni tashish va o’rnatish uchun ishlatiladigan montaj armaturalari. Bunday ishlar uchun armaturaning silliq turi qo’llaniladi;
– armaturali po’lat va listlangan prokatdan tayyorlangan o’rnatuvchi qismlar. Temir-beton konstruksiyalarni o’rnatish paytida o’rnatuvchi qismlar ko’pincha payvandlanganligi sababli, ular ishlab chiqarilgan armaturali po’lat yaxshi payvand qilinishi kerak;
– Beton poydevorning o’rnatuvchi elementlari hisoblangan mahkamlash shipilkalarini fiksatsiya qilish uchun mo’ljallangan ankerli armaturalari.

Monolitik qurilishda armaturadan foydalanish shart.
Armaturalashning vazifasi – ekspluatatsiya jarayonida paydo bo’ladigan kuchlanish va yuklamani tiklash. Mustahkam beton cho’zilganda osonlik bilan buziladi. Po’lat armaturani beton konstruktsiyalarga kiritilishi kuchlanish va egilish yuklariga nisbatan barqarorlikni ta`minlaydi.

Deyarli barcha beton konstruktsiyalar armatura bilan mustahkamlanadi. Demak, temir-beton buyumlar va konstruktsiyalarsiz ish bitmaydigan barcha joyda armaturali po’lat kerak bo’ladi.

AFZALLIKLAR


O’zining zamonaviy po’lat eritish majmuasi va liniyada suv va havoli sovutish tizimlari o’rnatilgan eng yangi nav prokatlash stanining mavjudligi turli xil markadagi po’latdan termomexanik mustahkamlangan armaturali prokatlarni turli xil qo’llash uchun ishlab chiqarish imkonini beradi.

Deformatsiyalash va issiqlik bilan ishlov berishning oqilona usullarini avtomatlashtirilgan holda tanlash
– Ст3сп va Ст3пс markali po’latdan Ат400С;
– Ст5сп va Ст5пс markali po’latdan Ат500С;
– 20ГС yoki 35ГС markali po’latdan Ат600 и А800 klassdagi armaturali prokatni ishlab chiqarishni ta`minlash imkonini beradi.

Shu bilan birga, ko’pgina metallurgiya korxonalari oldingi avlod navlarni prokatlash stanlarida Ст3сп va Ст3пс marka po’latlaridan A240ni, Ст5сп va Ст5пс marka po’latlaridan A300 ni ishlab chiqarishadi, A400 armaturalarini ishlab chiqarish uchun esa 35ГС toifadagi po’lat talab qilinadi.

Shunday qilib, bizning zavod bir xil po’latdan GOST 5781-82 bo’yicha oddiy armatura po’latini ham, GOST 10884-94 bo’yicha termomexanik mustahkamlashtirilgan po‘latni yoki GOST 34028 bo’yicha prokat stani oqimida boshqariladigan sovutishga asoslangan po‘latni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ammo bu po‘lat boshqa korxonalar mahsulotlariga qaraganda ancha yuqori darajadagi mustahkamlikka ega.

Ma’lumki, armaturaning tasnifi oquvchanlik nuqtasining minimal qiymatini belgilaydi. Shunga ko’ra, tasnifning o’sishi bilan armaturaning mustahkamlik ko’rsatkichlari ham o’sib boradi va texnik jihatdan kichikroq diametrli sterjenlardan foydalanish yoki karkasdagi sterjenlar sonini kamaytirish yoki ikkala usulni ham qo’llash imkoni paydo bo‘ladi. Bunda, armatura vaznini tejash 26% gacha bo’lishi mumkin, bu esa yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

Korxonada mavjud sertifikatlangan “Zavod markaziy laboratoriyasi” zamonaviy nazorat-o‘lchov asbob-uskunalari, sinov uskunalari va spektral tahlillar bilan jihozlangan bo‘lib, bu armaturali po‘latning texnologik reglament va me’yoriy hujjatlar talablariga javob berishini ta’minlaydi.

MUVOFIQLIK SERTIFIKATI


Seriyali ishlab chiqarishda armaturali po’latning sifati O’zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimining 2018 yil 10 dekabrdagi №UZ.SMT.01.328.2379107 sonli muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi.

muvofiqlik sertifikatibatafsil
 
Evropa muvofiqlik sertifikatibatafsil

ESLATMA


1. Armatura po’latining nominal diametri: 5,5; 6,5; 8; 10; 12; 14; 16; 18; 20; 22; 25; 28; 32; 36 и 40 мм.
2. Diametri 5,5; 6,5;8; 10 va 12 mm bo’lgan armaturali po’lat massasi 1500 dan 2000 kg gacha bo’lgan o’ramlarda ishlab chiqariladi; diametri 12, 14, 16, 18, 20; 22; 25; 28; 32; 36 va 40 mm bo’lgan armaturali po’lat esa massasi 3000 kg gacha bo’lgan chiviqlarga qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.
3. Armaturali po’lat
– GOST 34028-2016 bo’yicha:
а) issiq prokat usuli bilan:
– А240 tasnifi– dumaloq profil;
– А400С, А500С, А600С и А800 tasniflari — perimetri bo’ylab qarama-qarshi ikki tomonda joylashgan o’qqa ikkita bo’ylama qovurg’alari va ko’ndalang qiya bo’lgan yarim oysimon kesimining qovurg’alari bo’lgan davriy profilning 2ф shakli;
b) issiq usulda tekislangan prokatga sovuq ishlov berish usuli bilan:
– А500С tasnifi — perimetri bo’ylab uch tomondan bir me`yorda joylashgan, bo’ylama qovurg’alarsiz va yarim oysimon shakldagi kesma qovurg’alar bilan, o’qqa ko’ndalang qiya bo’lgan davriy profilning 3 ф shakli. Bunda, po’latlarning kimyoviy tarkibi GOST 34028-2016 ga mos kelishi kerak.
– GOST 10884-94 bo’yicha:
а) Ат400С tasnifi — GOST 380 bo’yicha Ст3пс va Ст3сп uglerodli po’latdan;
б) Ат500С tasnifi — GOST 380 bo’yicha Ст5пс и Ст5сп uglerodli po’latdan;
в) Ат600С tasnifi — GOST 10884-94 va 35ГС bo’yicha 20ГС markali past legirlangan po’latdan.
– GOST 5781-82 bo’yicha:
а) A-I (A240) tasnifi — GOST 380 bo’yicha Ст3пс va Ст3сп uglerodli po’latdan;
б) A-II (A300) tasnifi— GOST 380 bo’yicha Ст5пс и Ст5сп markali uglerodli po’latdan;
в) А-III (А400) tasnifi — GOST 5781-2 bo’yicha 35ГС va 25ГС2C markali past legirlangan po’latdan.

MA`LUMOTLAR


GOST 5781-82 bo’yicha chiviqli temir-beton konstruksiyalarini armaturalash uchun armaturali po’latbatafsil
GOST 34028-2016 bo’yicha o’lchovsiz uzunlikdagi chiviqli temir-beton konstruksiyalar uchun armaturali prokatbatafsil
O’zDSt 3025-2015 davriy Profil uchun mustahkamlovchi prokatbatafsil
Armaturali po’lat narxini hisoblash uchun belgilangan shakl orqali bepul ariza yuboring yoki siz uchun qulay bo’lgan har qanday usulda savdo bo’limiga murojaat qiling. Tezda javob olishingiz kafolatlanadi.

 

Narxni bilish

Ismingiz (majburiy)
Sizning aloqa raqamingiz (majburiy)
Sizning elektron manzilingiz
Sizning xabaringiz

TAYYOR MAHSULOTNI SOTISH BO’LIMI


Manzil: O’zbekiston. Toshkent shahri, Furqat ko’chasi 4

Savdo bo’limi telefon raqami:
+ 998 (71) 207-41-10
+ 998 (71) 207-41-12

Telegram bot: https://t.me/ttzuz_bot
Telegram chat: + 998 (93) 005-96-88