Elektr payvandlangan aylanma chokli po‘lat quvurlar

Texnik shartlar:

Elektr payvandlangan aylanma chokli po’lat quvurlar  GOST 20295-85, GOST 33228-2015, GOST 31447-2012, GOST 3183-2015 va API Spec 5L bo’yicha ishlab chiqariladi.

QO'LLANISH SOHASI


Elektr payvandlangan aylanma chokli po’lat quvurlar:
– tabiiy gaz, neft va neft mahsulotlarini tashuvchi magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlari;
– texnologik va dala quvurlari;
– umumiy foydalanish uchun quvurlar;
– sanoat va ichimlik suvini tashuvchi suv quvurlarini qurish va ta’mirlash uchun qo’llaniladi.

GIGIENA TALABLARIGA MUVOFIQLIK


Korxonamiz tomonidan GOST 3183-2015 bo‘yicha ishlab chiqarilgan, ichki qoplamasiz, suyuq epoksid korroziyaga qarshi qoplamali quvurlar namunalari “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya va aholi salomatligini muhofaza qilish xizmati”ga topshirildi. 2021-yilning 30 martidagi 20-8 / 1954 sonli laboratoriya tekshiruvlari natijalari ikkala namunadagi suv sifati O’zDST 950 “Ichimlik suvi. Gigienik talablar va sifat nazorati” ning gigiyenik talablariga mos kelishini ko’rsatadi.

Sanitariya epidemiologik xulosabatafsil

AFZALLIKLAR


Texnologik uskunalar keng ko’lamda turli diametrli va turli devor qalinligidagi quvurlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Buyurtmachining texnik talablariga ko’ra, quvurlar turli markali va mustahkamlik sinflari ham turlicha bo‘lgan po‘latlardan tayyorlanishi mumkin.
 
Ishlab chiqarish liniyalarida o‘rnatilgan zamonaviy nazorat-o‘lchov asbob-uskunalari, sinov uskunalari va spektral tahlillar, shuningdek, gidravlik sinov stendlari va putur yetkazmaydigan nazorat uskunalari (rentgen, ultratovush va magnit nazoratlari) bilan jihozlangan sertifikatlangan “Zavod markaziy laboratoriyasi”ning mavjudligi quvurlarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlaydi.

ESLATMA:


1. Quvurlarning tashqi diametri 426 dan 1620 mm gacha, quvurlarning devor qalinligi 5 dan 24 mm gacha.
Quvurlarning standart uzunligi 10 000 dan 12 000 mm gacha o’zgarib turadi, chunki bunday uzunlik quvurlarni uzun transport vositalarida yoki temir yo’l ochiq vagonlarida tashishda optimal hisoblanadi.
 
2. Quvurlar GOST 3183-2015 yoki API Spec 5L bo’yicha B, X42, X46, X52, X56, X60, X65 va X70 mustahkamlik guruhidagi po’latlardan yoki GOST 20295-85 ga muvofiq K34, K38, K42, K48, K50, K52, K54 , K55, K56 va K60 mustahkamlik sinflaridan tayyorlanishi mumkin.
Mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi bo’yicha yuqoridagi guruhlarga va mustahkamlik sinflariga mos keladigan po’lat navlari GOST 14637-89, GOST 1577-83 va GOST 19281-2014 bo’yicha tanlanadi.

MA'LUMOTLAR


GOSTga 20295-85 muvofiq aylanma chokli quvurlarbatafsil
GOSTga 3183-2015 muvofiq aylanma chokli quvurlarbatafsil
GOSTga API Spec 5L muvofiq aylanma chokli quvurlarbatafsil
Elektr payvandlangan aylanma chokli po‘lat quvurlar narxini hisoblash uchun belgilangan shakl orqali bepul ariza yuboring yoki siz uchun qulay bo’lgan har qanday usulda savdo bo’limiga murojaat qiling. Tezda javob olishingiz kafolatlanadi.

 

Narxni bilish

Ismingiz (majburiy)
Sizning aloqa raqamingiz (majburiy)
Sizning elektron manzilingiz
Sizning xabaringiz

TAYYOR MAHSULOTNI SOTISH BO’LIMI


Manzil: O’zbekiston. Toshkent shahri, Furqat ko’chasi 4

Savdo bo’limi telefon raqami:
+ 998 (71) 207-41-10
+ 998 (71) 207-41-12

Telegram bot: https://t.me/ttzuz_bot
Telegram chat: + 998 (93) 005-96-88