Kompaniya faoliyati

Faoliyat

V.L.Galperin nomidagi “Toshkent quvur zavodi” MChJning asosiy faoliyat yo’nalishi – po‘lat elektr-payvandlangan va suv-gaz quvurlarini ishlab chiqarish; magistral gaz-neft quvurlari va suv quvurlari, neft va gaz sanoati uchun tashqi va ichki himoya qoplamasiz va qoplamali spiral chokli po’lat quvurlar; profilli kvadrat, to’rtburchaklar va yassi-oval po’lat quvurlari ishlab chiqarish; umumiy maqsadlar uchun yuqori sifatli va oddiy sifatli issiq va sovuq haroratda ishlov berilgan yupqa qatlamli uglerodli po’latli prokat; umumiy maqsadlar uchun, payvandlash, sovuq ko’chirish va oldindan temir-beton konstruksiyalarni armaturalash uchun past uglerodli po’lat simlar; po’lat issiq haroratda ishlov berilgan po’lat navili dumaloq, kvadrat prokati, armaturali po’lat va katanka; uglerodli va past legirlangan po’latdan yasalgan tik egilgan payvandlangan burmalar; po’lat, metizlar va boshqa mahsulotlarni qo’lda payvandlash uchun qoplangan metall elektrodlar ishlab chiqarish.

 

Biz quyidagilarga intilamiz

– iste’molchilarimizning talab va umidlarini imkon qadar qondirish va ularning bugungi talablari va ertangi kunga bo’lgan istaklarini bajarish;
– V. L. Galperin nomidagi “Toshkent quvur zavodi” MChJ QKning asosiy salohiyati bo‘lgan kadrlardan oqilona foydalanish va ularning malakasini oshirish;
– korxona xodimlari o’rtasida ishlab chiqarish jarohatlari va kasalliklarning oldini olish;
– yetkazib beruvchilarimiz bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni doimiy ravishda mustahkamlash;
– ilg’or texnologiyalarni joriy etish, yangi texnologik jarayonlarni o‘zlashtirish, iste`molchilar talablarini to’liq qondirish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish;
– ishlab chiqarish hududidagi tabiiy muhitni saqlash;
– ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini kengaytirish;
– Integratsiyalashgan menejment tizimining ish faoliyatini doimiy ravishda yaxshilash va ISO 9001:2015, ISO 14001:2015 O’zDSt ISO 45001:2020, ISO 50001:2011 talablariga rioya qilish – bu oddiy rasmiyatchilik emas, balki korxona uchun hayotiy zaruratdir.