Qoplamaga ega metall payvandlash elektrodlari

Texnik shartlar:

GOST 9466-75 bo’yicha ishlab chiqarilgan, qalin rutil qoplamali MР-3 markali, po’latlar va sirtlarni qo’lda yoy bilan payvandlash uchun mo‘ljallangan metall elektrodlar

QO'LLANISH SOHASI


MР-3 markali po’latlar va sirtlarni qo’lda yoy bilan payvandlash uchun mo‘ljallangan qoplamali metall elektrodlar o’zgaruvchan tok yoki teskari qutbli to’g’ridan-to’g’ri tok bilan payvandlashda qo‘llaniladi. Bunday elektrodlar yana payvandlash qo‘shilmasining yoki eritilgan metallning vaqtinchalik 46 kgs/mm2 gacha bo‘lgan qarshiligiga ega uglerodli po‘latlardan tayyorlangan qurilmalarda chok muhitning istalgan holatida o‘rnatiladi. Ammo vertical yuqoridan pastga yo‘nalish bundan mustasno.

AFZALLIKLAR


– o’zgaruvchan tok bilan payvandlashda yoy barqarorligi goimiy tok bilan payvandlashda bo’lgani kabi bo’ladi;
– yoyga o‘t oldirish oson. Qayta yoqish payvandchinidan katta urinishlarni talab qilmaydi. MP-3 elektrodlari payvandlash uchun ham, yopishtirish uchun ham mos keladi;
– atrofga sachrash foizi juda past. U inert gazda payvandlash holatidagi ko‘rsatkichga yaqinlashadi;
– rutil qoplamasi shlak va turli oksidlarning unga kirishini istisno qiladi. Payvandlash choki silliq, sezilarlicha tekis, taqdimotga loyiq holatda hosil bo‘ladi;
– rutil bilan qoplash chokning zarbga nisbatan yopishqoqligi yaxshi bo‘lishini va uning yuqori charchoq chidamliligiga ega bo‘lishini ta’minlaydi;
– payvandlanadigan materiallarning nam yuzasi payvand choki xususiyatiga ta’sir qilmaydi;
– zang va boshqa ifloslantiruvchi moddalar mavjudligi payvandlash ishlarini olib borishga to’sqinlik qilmaydi. Yupqa qatlam bilan qoplangan sirtlarni payvandlash mumkin;
– diametri tavsiya etilganidan kattaroq bo’lgan elektrodlar bilan sifatli payvandlashni amalga oshirish mumkin;
– yoy uzunligining qisqa muddatli o’zgarishi payvandlash choki sifatiga ta’sir qilmaydi;
– rutil qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda chiqariladigan gazlar zaharli emas.

ESLATMA


1. MR-3 markali, po’latlar va sirtlarni qo’lda yoy bilan payvandlash uchun mo‘ljallangan qoplamali metall elektrodlar 2,5х300mm; 3,2×350mm va 4,0х400mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Qalin qoplama – D. Sterjen materiali – GOST 2246 ga muvofiq Sv-08A yoki Sv-08GA. Foydalanishdan oldin kuydirish harorati 180-220 °C.
 
2. Umumiy og’irligi 5 kg bo’lgan elektrodlar karton qutilarga, keyinchalik issiqlikka chidamli germetik polietilen plyonkali paketlarga qadoqlash uchun joylashtiriladi. Karton bog’lamlar, o’z navbatida, umumiy og’irligi 20 kg bo’lgan karton qutilarga joylashtiriladi. Karton qutilar, o’z navbatida, umumiy og’irligi 2000 kg bo’lgan yog’och tagliklarga joylashtiriladi.

MA'LUMOTLAR


GOST 9466-75 ga ko‘ra qo’lda yoy bilan payvandlash yoki eritib payvandlash uchun mo‘ljallangan, qoplamali metall elektrodlar sortamentibatafsil
Qoplamaga ega metall payvandlash elektrodlari narxini hisoblash uchun belgilangan shakl orqali bepul ariza yuboring yoki siz uchun qulay bo’lgan har qanday usulda savdo bo’limiga murojaat qiling. Tezda javob olishingiz kafolatlanadi.

 

Narxni bilish

Ismingiz (majburiy)
Sizning aloqa raqamingiz (majburiy)
Sizning elektron manzilingiz
Sizning xabaringiz

TAYYOR MAHSULOTNI SOTISH BO’LIMI


Manzil: O’zbekiston. Toshkent shahri, Furqat ko’chasi 4

Savdo bo’limi telefon raqami:
+ 998 (71) 207-41-10
+ 998 (71) 207-41-12

Telegram bot: https://t.me/ttzuz_bot
Telegram chat: + 998 (93) 005-96-88