O‘rama silliq sim

Texnik shartlar:
– GOST 30136-95 (ИСO 8457-1-89) bo’yicha oddiy sifatli uglerodli po’latdan yasalgan o‘rama silliq sim;
– GOST 2590-2006 diapazoniga mos keladigan, texnik va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha ВК sinfiga (yuqori sifat) tegishli, texnik xususiyatlari   TУ 14-1-5317-95 ga muvofiq bo‘lgan o’rama silliq simli po’lat arqon;
– GOST 2590-2006 oralig’iga mos keladigan va GOST 1050-2013 texnik tavsiflariga muvofiq yuqori sifatli legirlanmagan va maxsus po’latlardan yasalgan o’rama silliq sim;
– GOST 2590-2006 oralig’iga va kimyoviy tarkibi bo’yicha GOST 2246-70 talablariga javob beradigan past uglerodli va legirlangan po’latdan yasalgan o’rama silliq sim.

QO'LLANISH SOHASI


GOST 30136-95 (ISO 8457-1-89) bo’yicha ishlab chiqarilgan oddiy sifatli uglerodli po’latdan yasalgan o‘rama silliq simlar quyidagilar uchun qo‘llaniladi:
– turli qurilish materiallari va sanoat mahsulotlarini bog’lash va qadoqlash;
– qisqichlar, mixlar va boshqalarni yasash;
– umumiy maqsadlar uchun past ugleerodlili po’lat simlar, shuningdek, temir-beton konstruktsiyalarini armaturalash uchun sovuq tortilgan simlar ishlab chiqarish (Bp1);
– dekorativ temir to’siqlar, darvozalar, shiyponchalar, soyabonlar va boshqalarni ishlab chiqarish;
– ta’mirlash-qurilish ishlarida qo’llaniladigan turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan payvandlangan to’rlar, shuningdek, yo’l plitkalari va to’siqlar tayyorlash uchun payvandlangan armaturali to’rlarni ishlab chiqarish.

TУ 14-1-5317-95 talablariga javob beradigan o’rama silliq simli po’lat arqon quyidagilar uchun ishlatiladi:
– oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni (Bp2) mustahkamlash, tramvay va temir yo‘llar uchun oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton shpallar ishlab chiqarish uchun uglerodli po‘lat simlar;
– po’lat-alyuminiy va po’lat-bronza o‘tkazgichlarning o’zaklari uchun simlar ishlab chiqarish;
– po’lat sim arqon ishlab chiqarish;
– po’lat uglerodli prujina simlarini ishlab chiqarish;
– paxta toylarini bog’lash uchun simlar ishlab chiqarish.

GOST 1050-2013 talablariga javob beradigan, hajmli sovuq shtamplash uchun yuqori sifatli legirmagan va maxsus po’latlardan yasalgan o’rama silliq simlar quyidagilar uchun ishlatiladi:
– burama mixlarni sovuq ko’chirish uchun mo‘ljallangan simlarni ishlab chiqarish.
– Bolt va gaykalarni sovuq ko’chirish uchun mo‘ljallangan simlarni ishlab chiqarish.

GOST 2246-70 talablariga javob beradigan past uglerodli va legirlangan po’latdan yasalgan simlar quyidagilar uchun ishlatiladi:
– Elektrod o’zaklarini payvandlash (eritib payvandlash) va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan sovuq tortilgan simlarni qayta ishlab chiqarish.

AFZALLIKLARI


O’zining zamonaviy po’lat eritish majmuasi va “Stelmor” ikki bosqichli suv va havoli sovutish tizimiga ega bo’lishlik turli xil markadagi po’latdan turli sohalarda qo‘llaniladigan o‘rama silliq simlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

Deformatsiyalash va issiqlik bilan ishlov berishning oqilona usullarini avtomatlashtirilgan holda tanlash metall buyumlari sanoati uchun yangi avlod metall mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beradi. Xususan, yumshatuvchi issiqlik bilan ishlov berishdan foydalanmasdan 97,9 … 98,8% deformatsiya darajasi bilan chizilgan past uglerodli va past legirlangan po’latdan yasalgan prokat, shuningdek, armarurali po‘lat arqonlar, simli armatura, prujinalar va shu kabilarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan, ~ 95% gacha umumiy deformatsiya darajasiga bardosh bera oladigan, yuqori uglerodli po‘lat markalaridan yasalgan prokati.

Mavjud sertifikatlangan “Markaziy zavod laboratoriyasi” zamonaviy nazorat o‘lchov asbob-uskunalari, sinov uskunalari va spektral tahlillar bilan jihozlangan bo‘lib, bu o‘rama silliq simning texnologik reglamentlar va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlash imkonini beradi.

ESLATMALAR


1. O‘rama silliq simning tashqi diametri: 5,5; 6,5; 8; 10; va 14 mm.

2. O‘rama silliq sim 1500 dan 2000 kg gacha bo’lgan og’irlikdagi o’ramlarda ishlab chiqariladi.

3. O‘rama simlar quyidagilardan tayyorlanishi mumkin:
– GOST 380 bo’yicha barcha deoksidlanish darajasidagi Ст1, Ст2, Ст3 markali oddiy sifatli uglerodli po’latlardan;
– kimyoviy tarkibi TУ 14-1-5317-95 ga muvofiq bo‘lgan 70 va 85 markali po’lat arqonlar va TР-0-50-2018 ga ko‘ra 77B po’latdan;
– 10пс va 10 markali yuqori sifatli legirlanmagan po’latlar, shuningdek GOST 1050-2013 bo’yicha 15Г va 20Г markali maxsus po’latlar yoki ularning takomillashtirilgan analoglari 1018AK va 1022AKdan;
– Св-08A, Св-08ГA markali kam uglerodli po’latlardan va GOST 2246-70 talablariga javob beradigan Св-08ГС, Св-08Г2С markali legirlangan po’latlardan.

MA'LUMOTNOMA


GOST 30136-95 bo’yicha oddiy sifatli uglerodli po’latdan yasalgan o‘rama silliq simlar sortamentibatafsil
GOST 2590-2006 bo’yicha o’rama silliq simli po’lat arqonlar sortamentibatafsil
GOST 1050-2013 bo’yicha hajmli sovuq shtamplash uchun yuqori sifatli legirlanmagan va maxsus po’latlardan yasalgan o’rama silliq simlar sortamentibatafsil
GOST 2246-70 ga muvofiq payvandlash simlarini ishlab chiqarish uchun simlar sortamentibatafsil
Katanka narxini hisoblash uchun belgilangan shakl orqali bepul ariza yuboring yoki siz uchun qulay bo’lgan har qanday usulda savdo bo’limiga murojaat qiling. Tezda javob olishingiz kafolatlanadi.

 

Narxni bilish

Ismingiz (majburiy)
Sizning aloqa raqamingiz (majburiy)
Sizning elektron manzilingiz
Sizning xabaringiz

TAYYOR MAHSULOTNI SOTISH BO’LIMI


Manzil: O’zbekiston. Toshkent shahri, Furqat ko’chasi 4

Savdo bo’limi telefon raqami:
+ 998 (71) 207-41-10
+ 998 (71) 207-41-12

Telegram bot: https://t.me/ttzuz_bot
Telegram chat: + 998 (93) 005-96-88