Mahsulot sifatini doimiy yaxshilash

Mahsulot sifati kompaniyaning strategik raqobatbardosh afzalliklaridan biridir.
mahsulot sifatini doimiy ravishda oshirish dasturi V.L. Galperin nomidagi “Toshkent quvur zavodi” MCHJ QK, (keyinchalik matnda “TQZ” deb yuritiladi) samaradorlikning aniq asosiy ko‘rsatkichlarini, ya’ni, KPIlarni o‘z ichiga oladi.

«Ichki» sifat darajasini oshirish bo’yicha faoliyatning samaradorligi baholash uchun quyidagi KPI qo’llaniladi:
• mos kelmaydigan mahsulotlar miqdori tonnalarda,
• FTT (birinchi marta). Bu birinchi marta ishlab chiqarilgan va texnologik jarayondan tashqari qo’shimcha takomillashtirishni talab qilmaydigan mahsulot hajmining foizlarda olingan ko’rsatkichdir.

«Tashqi» sifat darajasini oshirish bo’yicha faoliyatning samaradorligini baholash uchun bunday KPI qo’llaniladi:
• mahsulot sifatining mijozlar talablariga muvofiqligi darajasi;
• korxonaning iste’molchilarning da’volaridan ko’rgan zararlari darajasi.

Sifat bo’yicha erishilgan barcha KPI ko’rsatkichlari muntazam ravishda direktor bilan uchrashuvlarda ko’rib chiqiladi.
Zaruriyatga qarab, bu uchrashuvlar davomida tuzatish choralari ko’riladi yoki belgilangan samaradorlik ko’rsatkichlariga so’zsiz erishish uchun o’zgartirishlar kiritish strategiyasi ishlab chiqiladi.