Yangiliklar
O’rta Osiyodagi diametri 159-377 mm bo’lgan to’g’ri chokli quvurlarni ishlab chiqaradigan birinchi quvur payvandlash zavodi ishga tushirildi.
Keyingi yillarda biz O’zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’yayotganini ko’rmoqdamiz: keng ko’lamli qurilish, infratuzilmani rivojlantirish, eksport geografiyasi kengayib, yangi konlarni o’zlashtirish, yangi quvurlar barpo etish.
Bunday sharoitda, yuqori sifatli quvurlar ishlab chiqarish mavjudligi mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega.
Strategik rejalarni amalga oshirish doirasida korxona O’rta Osiyoda birinchi yuqori texnologiyali quvur stansiyasini ishga tushirdi, u 159-377 mm, neft — gaz tarmog’i uchun to’g’ri chokli tikuv quvurlari ishlab chiqaradi.
Quvur majmuasi to`g`ri chokli quvurlarni ishlab chiqarish imkonini beradi:
– dumaloq diametri: 114; 119; 159; 219; 273; 325 va 377 mm;
– to`rtburchaklar: 120х100; 150х100; 200х100; 200х150; 250х100; 250х150; 300х100; 300х150; 300х200 va 400х200 mm;
– kvadrat: 100х100; 120х120; 150х150; 180х180; 200х200; 220х220; 250х250 va 300х300 mm, quvurlar, devor qalinligi 5 dan 12 mm. gacha bo`lgan, chidamlilik darajasi х70 gacha.
Kompleks besh darajali sifat nazorati bilan jihozlangan va neft va gaz sanoatining barcha asosiy talablariga to’liq javob beradi.
Bugungi kunda bu Markaziy Osiyodagi yagona quvur payvandlash zavodidir!
Quyidagi video orqali kompaniyaning rivojlanish strategiyasi, maqsadlari va vazifalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin: