Olti burchakli gaykalar

Texnik shartlar:

GOST 5915-70: Olti burchakli gaykalar, «B» aniqlik sinfi, turli o‘lchamlar, metrik rezbali

QO‘LLANISH SOHASI


Olti burchakli gaykalar eng ko‘p talab qilinadigan mahkamlovchi mahsulot turlaridan biri bo‘lib, mashinasozlikda detallarni yigʼish, turli iqlim sharoitlariga ega bo’lgan hududlarda metall konstruksiyalarni montaj qilish, ta`mirlash va xizmat ko’rsatish ishlarini ularsiz bajarishni iloji yo’q. Gaykalar bolalar konstruktoridan tortib ko‘priklar va boshqa murakkab muhandislik inshootlarini qurishgacha bo’lgan mexanik va montaj ishlarini bajarishda qo’llaniladi.
 
Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mustahkamlik sinfi – 5 bo’lgan metrik rezbali gaykalar, GOST 1759.5-87 bo’yicha mustahkamligi 3,6 dan 4,8 gacha bo’lgan boltlar, vintlar va shpilkalar diametri ≤16 razbali bilan va 5,6 dan 5,8 gacha mustahkamlikdagilari diametri ≤48 rezbali bilan qo‘llanilishi mumkin. Bolt, vint va shpilkaning mustahkamligi sinflari bilan gaykaning mustahkamligi sinflarining ushbu kombinatsiyalari bilan ulanishda, boltlarning o‘yma tishlarining tajriba yuklama qiymatigacha rezbalarga ziyon yetmasdan tortilishi mumkin.
 
Gaykalar B aniqlik sinfiga ega bo‘lgan normal aniqlikdagi mahkamlagichlar uchun belgilangan standartlarga muvofiq ishlab chiqariladi. Belgilangan aniqlik sinfiga ega gaykalar xuddi shunday aniqlik sinfiga ega bo‘lgan boltlarni, vintlarni va shpilkalarni komplektlashda ishlatiladi.

АFZАLLIGI


– ulanmalarni ko’p marta yig‘ish / demontaj qilish imkoniyati mavjud;
– har xil tur va o‘lchamdagi metrik rezba boltlar, vintlar va shpilkalar bilan birgalikda foydalanish hisobiga o‘rnatish vaqtida sozlash va mahkamlash qulayligi;
– Belgilangan yuklama talablariga mutanosib tarmoqli ulanishlarni ta’minlaydi;
– gaykani mahkamlashda kalitga ozgina kuch berish, o‘ramning bolt va gayka bilan tortilishida sezilarli siqilish kuchlarini keltirib chiqaradi, bu esa qadoqlashda tashqi yuklamalarning ta’siri ostida mustahkam yaxlit saqlashni ta’minlashga imkon beradi;
– kichik qalinlikdagi qismlarni yig‘ishda, bolt bilan mahkamlash uchun detalda rezba kesish imkoni bo‘lmaganda, gayka bilan rezbali yig‘ish shubhasiz afzalliklarga yega;
– detallarning turli xil variantda joylashishida ham yig‘ish ortiqcha mehnat talab qilmaydi.

ESLATMA


Texnologik reglamentga muvofiq 5 mustahkamlik sinfidagi olti burchakli gaykalar uglerodli po‘latlardan, GOST 24705 ga muvofiq M6 dan M16 gacha bo’lgan metrik tish o‘ymalari bilan ishlab chiqariladi. Gaykalar qoplamasiz yoki rux bilan qoplangan bo‘lishi mumkin.
 
Gaykalarni qadoqlashning ikkita varianti mavjud:
1. Gaykalar, qoplamaning mavjudligidan qat`i nazar, polietilen qoplarga joyladi, keyin esa 20 kgdan polietilen qoplarga joyladi.
 
2. Rux bilan qoplangan gaykalar 15 kgdan karton qutilarga qadoqlanadi. Qoplamasiz gaykalar avval polietilen qoplarga joylanadi.

MА‘LUMOT O‘RNIDА


GOST 5915-70 boʼyicha rux qoplamali «B» aniqlik toifali olti burchakli gaykalar assortimentibatafsil
GOST 5915-70 bo’yicha qoplamasiz «B» aniqlik toifali olti burchakli gaykalar assortimentibatafsil
Olti burchakli gaykalar narxini hisoblash uchun belgilangan shakl orqali bepul ariza yuboring yoki siz uchun qulay bo’lgan har qanday usulda savdo bo’limiga murojaat qiling. Tezda javob olishingiz kafolatlanadi.

 

Narxni bilish

Ismingiz (majburiy)
Sizning aloqa raqamingiz (majburiy)
Sizning elektron manzilingiz
Sizning xabaringiz

TAYYOR MAHSULOTNI SOTISH BO’LIMI


Manzil: O’zbekiston. Toshkent shahri, Furqat ko’chasi 4

Savdo bo’limi telefon raqami:
+ 998 (71) 207-41-10
+ 998 (71) 207-41-12

Telegram bot: https://t.me/ttzuz_bot
Telegram chat: + 998 (93) 005-96-88