2020-06-21

26 – 48 mm ø elektr payvandlangan tekis chokli po’lat quvurlarni ishlab chiqarish uchun yuqori tezlikda ishlovchi uskunani ishga tushirish

HG 60×4 modelidagi yuqori tezlikda ishlovchi quvurlarni payvandlash uskunasining joriy etilishi korxona tomonidan ishlab chiqariladigan quvur mahsulotlari turlarini quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga kengaytirish imkonini berdi:
— o’lchamlari 15×15 dan 40×40 mm gacha bo’lgan po’lat kvadrat quvurlar;
— o’lchamlari 20×30 dan 30×60 mm gacha bo’lgan to’rtburchak quvurlar;
— tashqi diametri 26 dan 48 mm gacha, devor qalinligi 1 dan 4 mm gacha bo’lgan dumaloq quvurlar.

Ishlab chiqarish quvvati yiliga – 30 ming tonnani tashkil etadi.