2021-08-21

Korxonaning ta’sir zonasidagi atmosfera havosi namunalari sinovdan o’tkazildi.

O‘zgidrometning Atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish laboratoriyasi tomonidan 19.08.2021-yil ish vaqtida mahalliy vaqt bilan soat 10:30 dan 16:00 gacha korxonaning ta’sir zonasida olingan atmosfera havosi namunalari tahlili yakunlandi va 20.08.2021-yildagi 18-son Akt tasdiqlangan, unga ko’ra PDKm.r normativlari asosida yuqorida qayd etilgan moddalar (azot dioksidi, ammiak va ftorid vodorod) bo’yicha korxonaning A va B hududlari (1-band) oralig’ida atmosfera havosida ifloslanishlar kuzatilmagan va ifloslanishning past darajasini tavsiflaydi.

Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atmosfera chiqindilari manbalarini monitoring qilish boshqarmasi laboratoriyasi tomonidan korxonaning 6,12, 42, 57, 74 va 76-sonli sanoat chiqindilari manbalaridan olingan namunalar tahlili yakunlandi va № 29 / 10-03 sonli Protokol tasdiqlandi, unga ko’ra emissiya parametrlarining haqiqiy qiymatlari standartlarga mos keladi va ortiqcha PDV topilmadi.

ttz territoriya 1