To‘g‘ri to’rtburchakli quvurlar

Texnik shartlar:

Elektr payvandlangan to’g’ri to’rtburchakli po’lat quvurlar GOST 8645-68 sortamenti va GOST 13663-86 texnik talablari bo’yicha ishlab chiqariladi.

QO'LLANISH SOHASI


To‘g‘ri to’rtburchakli po’lat quvurlar – bu zamonaviy va keng qo‘llaniladigan qurilish materialidir.
Ushbu turdagi profil metall prokat yengilroq va arzonroq mahsulot bo’lib, shvellerlar, burchaklar, tavrlar va qo’sh tavrlarga muqobil hisoblanadi.
Elektr bilan payvandlangan to’g’ri to’rtburchak quvurlar, asosan, turli maqsadlarda qurilish inshootlarida: yengil yuklangan qurilmalar uchun payvandlangan karkaslardan tortib, shahar hududlarini obodonlashtirish uchun mo’ljallangan tuzilmalargacha (reklama bannerlari, bekatlar dizayni, kichik me`moriy shakllar va boshqalar) da qo’llaniladi.
 
To‘g‘ri to’rtburchakli quvurlar turli maqsadlardagi tuzilmalarni:
– turar-joy va sanoat binolari;
– ustaxonalar va omborxonalar;
– ko’priklar va estakadalar;
– savdo markazlari va boshqa tijorat binolari;
– bolalar maydonchalari;
– dekorativ tuzilmalar;
– bog’ mebellari va dala hovli imoratlari;
– tayanchlar va minoralar;
– panjara va to’siqlar qurishda ishlatiladi.
 
To’g’ri to’rtburchakli quvurlar qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining tarmoqlarida – mashinasozlik va engil sanoatda – ham talab qilinadi. Elektr payvandlangan to’g’ri to’rtburchak quvurlar karkas shaklida poydevorga ega deyarli har qanday tuzilmani ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

AFZALLIKLAR


To’g’ri to’rtburchakli quvurlarni ishlatishning asosiy afzalligi shundaki, tuzilmaning mustahkamligini saqlab turilgan holda, poydevorga og’irlik yuklanishi va qurilish materiallariga yo’naltirilgan umumiy xarajatlar kamayadi.
 
To‘g‘ri to’rtburchakli quvurlarni talabgir mahsulotga aylantiruvchi asosiy afzalliklar – bu:
– oson o’rnatish imkonini beruvchi yengil vazn. Shvellerlar, burchaklar, tavrlar va qo’sh tavrlarning muqobil qismlariga nisbatan to’g’ri to’rtburchakli quvurlar tezroq o’rnatiladi va montajchilardan ko’p kuch va vaqt talab qilmaydi.
– Shaklining qulayligi yuklash, tashish, tushirish va o’rnatishda ham qulaylik yaratadi. Shu bilan birga, to‘g‘ri to’rtburchak quvurlar atipik dizayn yechimlarini amalga oshirishda ham ishlatilishi mumkin.
– qo’llashning ko’p qirraliligi. To‘g‘ri to’rtburchakli quvurlar turli maqsadlar va o’lchamdagi binolarni – tijorat binolarini, qishloq xo’jaligi binolarini, turar-joy binolarini qurish va ta`mirlashda qo’llaniladi. Material qurilishda ham, sanoatda ham, maishiy sohada ham qo’llaniladi.
– hamyonbopligi. To‘g‘ri to’rtburchakli quvur qismlarining nisbatan arzonligi ularni shvellerlar, burchaklar, tavrlar va qo’sh tavrlardan ishlangan muqobil qismlarga qaraganda xaridorgir mahsulotga aylantiradi. Shu sabablarga shu turdagi quvurlar ko‘proq talab qilinadi.
– yuqori chidamlilik. Elektr payvandlangan to‘g‘ri to’rtburchaklar metall quvurlar yuqori statik va mexanik yuklanishlarga chidamliligi bilan ajralib turadi.
– istalgan ob-havo sharoitida foydalanish imkoniyati. Metall prokat haroratning keskin o‘zgarishlariga chidamli, sovuqqa va issiqlikka chidamli, chunki material kichik kengayish koeffitsientiga va yuqori erish haroratiga ega.
 
“V.L. Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi” MChJ QKda ishlab chiqarilayotgan to‘g‘ri to‘rtburchakli quvurlarning afzalliklari quyidagilardan iborat:
– turli o’lchamlar mavjudligi (devor qalinligi 1,2 dan 10 mm gacha bo’lgan 30×20 dan 300×150 gacha bo‘lgan quvurlar);
– Xitoyning eng so’nggi uskunalarida ishlab chiqarilganlik;
– barcha bosqichlarda qat’iy nazorat ostida bo’lish va shunga mos ravishda yuqori sifat;
– mahsulotlarni ombordan tez jo’natish.
 
Texnologik asbob-uskunalar bizga to’rtburchaklar tomonlari qirqimi va devor qalinligi o’lchamlarining keng ko’lamidagi to’g’ri to’rtburchak quvurlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Mijozlarning texnik talablariga ko’ra, quvurlar turli toifadagi uglerodli po’latdan tayyorlanishi mumkin.
Zamonaviy nazorat-o‘lchov asbob-uskunalar, sinov uskunalari va spektral tahlillar bilan jihozlangan sertifikatlangan » Zavod markaziy laboratoriyasi» ning mavjudligi, shuningdek ishlab chiqarish quvurlarini prokatlash liniyalarida o’rnatilgan putur yetkazmaydigan nazorat sinov uskunalari (uyurmali tok nazorati) to‘g‘ri to’rtburchak quvurlarning normativ hujjatlar talablariga mos kelishini ta’minlaydi.

ESLATMALAR


1. To‘g‘ri to’rtburchak quvurlarning o’lchamlari 30×20 dan 300×150 mm gacha, devor qalinligi esa 1,2 dan 10 mm gacha.

2. Quvurlar GOST 380 bo’yicha Ст1, Ст2, Ст3 va Ст4 barcha deoksidlanish darajalarining uglerodli po’latlaridan va GOST 1050 bo’yicha 20-markadan tayyorlanadi.

3. Quvurlarning standart o’lchov uzunligi 8000 dan 11500 mm gacha o’zgarib turadi va quvurlarni uzun transport vositalarida va temir yo’l ochiq vagonlarida tashishda optimal hisoblanadi.

4. To’rtburchaklar quvurlarning 100% me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi sifat nazorati bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.

TAYYOR MAHSULOTNI SOTISH BO’LIMI


Manzil: O’zbekiston. Toshkent shahri, Furqat ko’chasi 4

Savdo bo’limi telefon raqami:
+ 998 (71) 207-41-10
+ 998 (71) 207-41-12

Telegram bot: https://t.me/ttzuz_bot
Telegram chat: + 998 (93) 005-96-88