Boshi olti burchakli boltlar

Texnik shartlar:

GOST 7798-70.- «B» aniqlik sinfining boshi oltiдш burchak boltlari

QO‘LLANISH SOHASI


Boltlar – bu gayka kalitlarning o‘lchamiga mos keladigan tashqi rezbali va olti burchak boshli metall sterjen ko‘rinishidagi mahkamlovchi mahsulotlar. Ushbu metall mahsulot turli xil avtomobil agregatlarida, mebel elementlarida va metall konstruktsiyalarda gayka bilan ham, rezbali teshik bilan ham qo‘llaniladi.
Boltlardan eng keng tarqalgan foydalanish sohasi mashinasozlik va qurilish sanoati bo‘lib, ammo amalda ular deyarli har qanday boshqa sanoatda qo‘llanilishi mumkin.
Konstruktsiya xususiyatiga yoki uning ishlash shartlariga qarab, to’liq yoki to’liq bo’lmagan rezbali, rux qoplamali yoki qoplamasiz, eng muhimi, ma’lum bir mustahkamlik sinfiga ega bo’lgan boltlar qo’llaniladi. Mustahkamlik sinfining belgisi ikki raqamdan iborat:
birinchisi vaqtinchalik qarshilikning nominal qiymatining 1/100 qismining H/mm2 dagi farqiga to‘g‘ri keladi; ikkinchisi, oquvchanlik chegarasining nominal qiymatining vaqtinchalik qarshilikka nisbatining 1/10 qismiga foiz hisobiga mos keladi. Ushbu raqamlarning ko‘paytmasi oquvchanlik chegarasining H/mm2 dagi nominal qiymatining vaqtinchalik qarshilikka nisbatining 1/10 qismiga mos keladi. Minimal (yoki shartli) oquvchanlik chegarasi va minimal vaqtinchalik qarshilik teng yoki ularning nominal qiymatidan katta.
Sodda qilib aytganda mustahkamlik sinfining qiymati qanchalik baland bo‘lsa, mahkamlovchi mahsulotlar shunchalik baquvvat bo‘ladi, rux qoplamasi qancalik qalinroq bo‘lsa, boltning korroziyaga chidamliligi shunchalik yuqori bo‘ladi.

АFZАLLIGI


– Katta oraliqli va konsolli arkali konstruksiyalari uchun turli xil montaj imkoniyatlari;
– Tugunli ulanishda boltlar soni va ularning mustahkamlik sinfini tanlash orqali konstruksiyaning tashqi yuklamalar uchun belgilangan talablarga mutanosibligi ta’minlanadi;
– Korroziyaga qarshi rux qoplamasi mavjudligi sababli namlik ta`siriga chidamlilik;
– bolt bilan yig‘ilgan konstruksiyalarda kompensatsiya qistirmalari va shaybalarni o‘rnatish tufayli montaj vaqtida, payvandlangan konstruksiyalardan farqli o‘laroq, sozlash va tuzatish mumkin;
– bolt bilan yig‘ilgan konstruksiyalar ta’mirlash yoki qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatishda ko‘p marotaba montaj /demontaj qilish imkonini beradi;
– detallarning turli xil variantda joylashishida ham yig‘ish ortiqcha menhat talab qilmaydi.

IZOH


5.8 mustahkamlik sinfidagi boshi olti burchakli boltlar texnologik reglamentga muvofiq uglerodli po‘latlardan, M6 dan M16 gacha bo‘lgan metrik rezba bilan ishlab chiqariladi. Boltlar qoplamasiz yoki rux bilan qoplamali bo‘lishi mumkin.
 
Boltlarni qadoqlashning ikkita variant mavjud:
1. Boltlar, qoplamaning mavjudligidan qat`i nazar, plastik qoplarga joylanadi, keyin esa 20 kg og‘irlikdagi plastik qoplarga joylanadi.
 
2. Rux qoplamali boltlar 15 kg lik karton qutilarda qadoqlanadi. Qoplamasiz boltlar avval plastik qoplarga joylanadi.

MА‘LUMOT O‘RNIDА


GOST 7798-70 boʼyicha rux qoplamali «B» aniqlik sinfidagi boshi oltiburchakli boltlar sortamentibatafsil
GOST 7798-70 boʼyicha qoplamasiz «B» aniqlik sinfidagi boshi oltiburchakli boltlar sortamentibatafsil
Boshi olti burchakli boltlar narxini hisoblash uchun belgilangan shakl orqali bepul ariza yuboring yoki siz uchun qulay bo’lgan har qanday usulda savdo bo’limiga murojaat qiling. Tezda javob olishingiz kafolatlanadi.

 

Narxni bilish

Ismingiz (majburiy)
Sizning aloqa raqamingiz (majburiy)
Sizning elektron manzilingiz
Sizning xabaringiz

TAYYOR MAHSULOTNI SOTISH BO’LIMI


Manzil: O’zbekiston. Toshkent shahri, Furqat ko’chasi 4

Savdo bo’limi telefon raqami:
+ 998 (71) 207-41-10
+ 998 (71) 207-41-12

Telegram bot: https://t.me/ttzuz_bot
Telegram chat: + 998 (93) 005-96-88