Ekologiya


Yo’l xaritasi


Mahsulot ishlab chiqarishda ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha hisobot.

Yo’l xaritasibatafsil


Korxonaning ta’sir zonasida atrof-muhitning ifloslanish darajasini monitoring qilish


“Mahsulot ishlab chiqarishda ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 3.2-bandini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi O‘zgidrometning atrof-muhit ifloslanishi monitoringi xizmati bilan shartnoma tuzildi.

2019-yil oktabr oyida O‘zgidrometning Atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish laboratoriyasi tomonidan korxonaning ta’sir zonasidagi atmosfera havosidan namunalar olindi. Atmosfera havosidagi, birinchi navbatda, azot dioksidi, ftor vodorod va ammiak kabi moddalarning tarkibini aniqlash uchun laboratoriya sinovlari (o’lchovlari) o’tkazildi. Ya’ni, 2019-yil 30-iyuldagi jamoatchilik muhokamasi natijalari to‘g‘risidagi 2-sonli qarorda aynan o‘sha moddalar haqida ular korxonamizga bevosita yaqin atrofdagi atmosfera havosida belgilangan ruxsat etilgan maksimal kontsentratsiya (REMK) me’yorlaridan azot dioksidi bo‘yicha 22,4 barobar, ammiak bo‘yicha 6 barobar va ftorli vodorod bo‘yicha 4,2 barobarga oshib ketgani ma’lum qilindi.

2019-yil 4-noyabrda olingan namunalar tahlili yakunlandi va 24-sonli Dalolatnoma tasdiqlandi, unga ko‘ra korxona ta’sir zonasida atmosfera havosidagi yuqorida qayd etilgan moddalarning REMK dan oshib ketishi belgilanmagan.

Atmosfera havosidan namuna olish hisobotibatafsil


2019 yil 19 noyabrda O‘zgidrometning Atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish laboratoriyasi tomonidan korxonaning ta’sir zonasida atmosfera havosidan ikkinchi namuna olish ishlari amalga oshirildi. Atmosfera havosida, birinchi navbatda, azot dioksidi, vodorod ftorid va ammiak kabi moddalarning tarkibini aniqlash uchun laboratoriya sinovlari (o’lchovlari) o’tkazildi. Ya’ni, 2019-yil 30-iyuldagi jamoatchilik muhokamasi natijalari to‘g‘risidagi 2-sonli qarorda aynan o‘sha moddalar haqida ular korxonamizga bevosita yaqin atrofdagi atmosfera havosida belgilangan ruxsat etilgan maksimal kontsentratsiya (REMK) me’yorlaridan azot dioksidi bo‘yicha 22,4 barobar, ammiak bo‘yicha 6 barobar va vodorod ftorid bo‘yicha 4,2 barobarga oshib ketgani ma’lum qilindi.

2019 yil 21 noyabrda O’zgidrometning atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish laboratoriyasi korxonaning ta’sir zonasidan olingan namunalar tahlilini yakunladi va 25-sonli Dalolatnomani tasdiqladi, unga ko’ra yuqorida qayd etilgan moddalar (azot dioksidi, ammiak va vodorod ftorid) bo’yicha korxonaning A va B hududlari (1-nuqta), shuningdek korxona hududida (3-nuqta) atmosfera havosida REMK me’yorlaridan oshib ketish tasdiqlanmagan.

Azot dioksidi uchun REMK ning arzimas darajada ko’pligi qayd etilgan yagona joy – bu shahar yo’lidagi 2-sonli nuqta.

Descartes Labs tomonidan tayyrolangan sayyoradagi azot dioksidi (NO2) asosiy manbalari tasvirlari xaritasiga ko’ra, azot dioksidi atmosferada uzoq vaqt davomida saqlanib qolmaydi, bu esa uning chiqish joylaridan kengroq tarqalishi imkoniyatini istisno qiladi. Shuning uchun uning chiqindilarining asosiy konsentratsiyasi ko’p sonli avtomobillar ishlatiladigan shaharlar yaqinida va yo’llarda joylashgan.

Ayni paytda Yoqubov – Qipchoq ko‘chalaridagi temir yo‘l kesishmasi orqali avtomobil ko‘prigi qurilmoqda va butun transport oqimi korxonamizga yaqin joylashgan Xonobod ko‘chasi bo‘ylab yo‘naltirildi. Qayd etish joizki, mazkur sanoat zonasida 200 dan ortiq korxona, logistika va ulgurji savdo markazlari mavjud bo‘lganligi sababli mazkur ko‘cha allaqachon band edi. Shu sababli, ushbu shahar yo’lida (2-nuqta) azot dioksidi bo’yicha REMK ning ahamiyatsiz (1,2 barobar) ortib ketishining sababi aniq bo’ladi.

Atmosfera havosidan namuna olish hisobotibatafsil


2020 yil 16 iyul kuni Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Atmosfera havosiga chiqindi chiqarish manbalari monitoringi bo‘limi laboratoriyasi tomonidan korxonaning 76, 12 va 42-sonli sanoat chiqindilari manbalaridan olingan namunalar tahlili yakunlandi va 74-sonli bayonnoma tasdiqlandi, unga ko’ra chiqindi parametrlarining haqiqiy qiymatlari me’yorga mos keladi.

Atmosfera havosidan namuna olish hisobotibatafsil


2020-yil 29-avgust kuni korxona ta’sir zonasida atmosfera havosi namunalarining sinovlari (o’lchovlari) o’tkazildi.

O‘zgidrometning Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi laboratoriyasi tomonidan 2020-yil 28-sentabr kuni ish vaqtida mahalliy vaqt bilan soat 09:50 dan 11:40 gacha korxonaning ta’sir zonasida olingan atmosfera havosi namunalari tahlili yakunlandi va 22-sonli Dalolatnoma tasdiqlandi, unga ko’ra yuqorida qayd etilgan moddalar (azot dioksidi, ammiak va vodorod ftorid) bo’yicha korxonaning A va B hududlari (1-nuqta), shuningdek korxona hududida temir-tersak qayta ishlash maydonchasida (2-nuqta), korxona hududi chegarasiga yaqin joyda mahalla ahlining iltimosiga ko‘ra korxona tomonidan qurilgan stadionda (3-nuqta) atmosfera havosida REMK me’yorlaridan oshib ketish tasdiqlanmagan.

Atmosfera havosidan namuna olish hisobotibatafsil


2020-yil 8-sentabr kuni Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Atmosfera havosiga chiqindi manbalari monitoringi bo‘limi laboratoriyasi tomonidan korxonaning 76, 12 va 42-sonli sanoat chiqindilari manbalaridan olingan namunalar tahlili yakunlandi va 111-sonli o’lchovlar Bayonnomasi tasdiqlandi, unga ko’ra chiqindi parametrlarining haqiqiy qiymatlari me’yorga mos keladi.

Atmosfera havosidan namuna olish hisobotibatafsil