Kompaniya haqida


“Toshkent quvur zavodi” MChJ QK 1996 yilda Vladimir Leonidovich Galperin tomonidan tashkil etilgan.


Rivojlanayotgan yoqilg‘i-energetika va qurilish majmualari, kommunal xo‘jalik korxonalari, kichik va o‘rta biznesning doimiy, kafolatlangan talabi, bir tomondan, Respublika hukumati tomonidan yaratilgan qulay investitsiya muhiti, ikkinchi tomondan, O’zbekiston metallurgiya sanoatida qayta taqsimlashning yangi turi – quvur ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zamin yaratdi.
Po‘lat quvurlarni birinchi ishlab chiqaruvchi esa “Toshkent quvur zavodi” bo‘ldi.


Faoliyat yo’nalishi

Bugungi kunda “V.L. Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi” MChJ QK – metallurgiya majmuasi boʻlib, u poʻlat eritishdan, toʻxtovsiz yarim tayyor mahsulot (blyumlar va slyablar) quyish va har xil turdagi qayta ishlashdan tortib (taxtalangan prokat, armaturali prokat, katanka, quvurlar va hokazo) to tayyor mahsulotgacha (simlar, mahkamlagichlar, elektrodlar va boshqalar) boʻlgan oʻzaro bogʻliq ishlab chiqarish jarayonlari majmuasidir.

Faoliyat yo’nalishlari doirasida korxonaning metallni qayta ishlashning turli usullarini joriy qiluvchi ishlab chiqarish bo’linmalari tashabbuslarni rivojlantirishga ko’maklashish, mavjud texnologiyalarni takomillashtirish va innovatsion texnologik jarayonlarni joriy etish maqsadida tajriba almashish va o’rganish imkoniyatiga ega. Faoliyat sohalari korxona maqsadlari bilan chambarchas bog’langan. Ular bir-biridan ajratilmagan va o’z-o’zidan mavjud emas.

Faoliyat sohalarining har biri faoliyatning boshqa sohalari bilan kesishishning mumkin bo’lgan nuqtalarini topishga va korxonaga sezilarli raqobatdosh ustunliklarni taqdim eta oladigan yechimlarni topishga qaratilgan.


Bizning asosiy vazifamiz

Faoliyatning barqaror iqtisodiy natijalarini ta’minlaydigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish, iste’molchilar talablarini maksimal darajada qondirish maqsadida ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiya qilish, shuningdek, korxona faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar va qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda “V.L. Galperin niomidagi Toshkent quvur zavodi” MChJ QK ta’sischilari, xodimlarining, asbob-uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlar yetkazib beruvchilarning manfaatlarini ko’zlab korxonani rivojlantirish uchun foyda olish.


Bugungi kunda kompaniyamiz – bu:

– 60 gektar yer maydonida joylashgan 290 ming kvadrat metrdan ortiq ishlab chiqarish maydonlari;
– yiliga yuz minglab tonna import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish;
– 4000 dan ortiq kishidan iborat professionallar jamoasi;
– ijtimoiy paket (oziq-ovqat, tibbiy ta’minot);
– korxona xodimlarini bepul logistikasini ta’minlash uchun 28 ta avtobus yo‘nalishi;
– 3000 bolaga mo’ljallangan «Konstruktor» bolalar sog’lomlashtirish oromgohi.